Navbog‘chiyon mahallasining yangi binosi qad rostladi

Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 27 yillik bayrami arafasida Samarqand shahridagi Navbog‘chiyon mahalla markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat va shahar kengashlari, Samarqand shahar hokimligi mas’ullari, mahalla faollari, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat mahallalar kengashi raisi B.Nasriyev va boshqalar barchani bayram bilan tabrikladi.

Zamonaviy me’morchilik asosida bunyod etilgan 2 qavatli bino qurilishini “Evro house” MChJ quruvchilari 8 oyda bajarishdi. Qurilish-bunyodkorlik ishlariga 855 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Markazda rais, kotib, maslahatchi, hudud profilaktika inspektori uchun alohida xonalar, 60 o‘rinli majlislar zali, mahalla foliyatiga oid muzey, kutubxona, oshxona, tikuvchilik xonasi mavjud.

Tadbir ishtirokchilari markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Mahalla yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy barchaga bayram kayfiyati ulashdi.

B.MUSTANOV.