Nurobodda maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilindi
Nurobod tumanining Oqsoy qishlog‘idagi 14-maktabgacha ta’lim tashkiloti mahalliy byudjetdan ajratilgan 59 million so‘m evaziga rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Amalga oshirilgan ushbu xayrli ish tufayli MTT o‘z bag‘riga 75 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lib, 9 nafar pedagog, 3 nafar yordamchi xodim ish bilan ta’minlandi.