Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda yosh boshqaruv kadrlarning 35 talik ro‘yxati tuzildi

“Yuksalish” umummilliy harakati ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda bugungi kunda islohotlar markazida bo‘lib, O‘zbekistonda mas’uliyatli vazifalarni bajarayotgan yosh boshqaruv kadrlarning “Top-35”talik ro‘yxatini tuzdi. Unda 40 yoshgacha bo‘lgan, boshqaruv lavozimida faoliyat yuritayotgan kadrlar o‘rin olgan. Ro‘yxatni shakllantirishda ularning tashabbuskorligi, yangi g‘oya va takliflarni ilgari surishi, o‘zgarishlarga ochiqligi inobatga olingan.

Barcha sohalarda progressiv fikrlaydigan va salohiyatli kadrlarga katta e’tibor qaratilib, ular strategik muhim sohalarga jalb etilmoqda.

So‘nggi 3 yil mobaynida vazirlik va idoralardagi muhim lavozimlarga yosh istiqbolli boshqaruv kadrlar tayinlandi. Ularning aksariyati xorijda tahsil olgan, amaliy tajribaga ega va o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olganlardir.