Poyezdni olib qochish mumkinmi?

Bu kabi urinib ko‘rishning haqiqiy holatlari bo‘lgan.
Poyezdni o‘g‘irlash mumkin albatta, lekin unda uzoqqa borolmaysiz – sayohatingiz yo kamaytirilgan tezlik, yoki temiryo‘l izlari tugagan joy yoki ikki qo‘shni stansiya orasidagi masofa o‘rtasida quvvat dispetcheri kuchlanishni o‘chirib tashlashi bilanoq tugaydi.
Ushbu maqolada poyezdlarning mashinistlar emas, “ko‘cha odamlari” tomonidan o‘g‘irlab ketilishining haqiqiy holatlari haqida aytib beramiz.

trainpix.org | Автор: Антоха

Gapni Moskvaning Lobnya shahrida bo‘lib o‘tgan voqea bilan boshlasak. 2014 yil 21 oktyabrda noma’lum shaxs depo hududiga kirib, eski elektr poyezdiga chiqib, uni harakatga keltirgan. Chamasi uning poyezd haydashga tajribasi yo‘q edi, “uning poyezdi” relsda turgan boshqa elektropoyezdga borib urildi. “Qaroqchi” esa to‘qnashuvdan bir necha soniya oldin poyezddan sakrab tushishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada poyezd depo darvozasidan ham chiqmadi. Voqea oqibatlari juda qo‘rqinchli ko‘rinsa-da, hech kim jabrlanmadi.

Угнать поезд невозможно, говорите? Реальные случаи угона поездов в России случайными людьми «‎с улицы». Получалось всегда глупо.

***

Yana bir bolalik orzusini amalga oshirmoqchi bo‘lgan g‘alati kishi 44 yoshli Petrozavodsk shahrida yashovchi Vladimir Spirov yuk poyezdida konduktor bo‘lib ishlagan. 2007 yilda u Kareliya shahridagi Chalna-Onejsk stansiyasidagi lokomotivni o‘g‘irlab ketgan.
Poyezd boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lmagan Vladimir kabinaga o‘tirdi va lokomotivni harakatga keltirdi. Ehtimol, u poyezdni ko‘pi bilan 1 kilometrdan sal ko‘proq haydashga muvaffaq bo‘lgandir, biroq sayohat lokomotiv relsdan chiqib ketib, boshi berk ko‘chaga kirib qolganda tugadi. Sudda Spirov bu uning bolalikdagi orzusi ekanligini aytdi. Aftidan, sudyaning unga rahmi keldimi, erkakka atigi 4 yil ozodlikdan shartli ravishda cheklash jazosi tayinlandi.

trainpix.org | Автор: Капитошка

***

Hayotda tramvaylarni ham olib qochish holatlari bo‘lgan. 10 yil oldin Chelyabinsk viloyatining Zlatoust shahrida 15 yoshli o‘smir haydovchisi tushlikka chiqqan paytda depo hududida turgan tramvayni opqochib ketgan.
O‘smir tramvayni belgilangan marshrut bo‘ylab haydadi va qirq daqiqa davomida hech narsadan xabari yo‘q yo‘lovchilarni olib yurdi. Ularga hatto chipta ham sotishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, sergak politsiya marshrutdagi barcha tramvaylarni tekshirib, o‘g‘irlangan mashinani topib oldi. Aniqlanishicha, bolada ham tramvay haydovchisi bo‘lish orzusi bor ekan. Garchi bu yuqorida keltirilgan o‘g‘irliklardan eng foydalirog‘i bo‘lsa-da, baribir jinoiy ish ochildi.

***

Ukrainaning Lvov shahrida 2013 yil mart oqshomlarining birida noma’lum shaxslar yo‘lovchilari bor tramvayni olib qochgan paytda poyezd uy devoriga borib urilgan. Yaxshiyamki, bu yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmadi.

***

Ukrainada yana bir kulgili voqea yuz berdi. 22 yoshli yigit Krivoy Rog shahridan Melitopol shahridagi sevgilisi oldiga iloji boricha tezroq borishi kerak edi. U jadvaldagi poyezdni bir necha soat kutishni istamadi va dastlab piyoda ketmoqchi bo‘ldi, lekin bir necha yuz kilometrlik yo‘l ancha uzoq vaqtini olishini anglab yetdi.

trainpix.org | Автор: Донський

Shunda stansiyada turgan elektrovozga e’tiborini qaratdi. Yigit Melitopolda mashinist yordamchisi bo‘lib ishlagani bois, lokomotivni osongina harakatga keltira oldi. U hatto vokzal navbatchisini aldab, bekatni tark etishga ruxsat oldi. Biroq 200 metrdan keyin u militsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.