Professor-o‘qituvchilar ishga taklif etiladi!
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga bilim darajasi yuqori, intellektual salohiyat va professional mahoratga ega pedagog xodimlar ishga tanlov asosida qabul qilinishi, litseyga qabul qilingan pedagog va boshqa xodimlarga IIV idoraviy litseylarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etilishi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi quyidagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi:
- ingliz tili (ta’lim o‘zbek va rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun, “S1” darajasiga ega bo‘lgan nomzodlar);
- nemis tili (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
- tarix (ta’lim o‘zbek va rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
- kimyo (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
- matematika (ta’lim o‘zbek va rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
- informatika va AT;
- geografiya (ta’lim o‘zbek va rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
- huquqshunoslik (ta’lim o‘zbek va rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun).
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin: Samarqand shahri Maroqand ko‘chasi, 46-uy.