“Puxta-pishiq” hayvonot olami
Hayvonot olamida siz o‘ylagandan ham aqlliroq millionlab ulug‘vor, sirli va aqlbovar qilmaydigan turlar mavjud. Sayyoramizda yashovchi bu ajoyib mavjudotlar haqida ba’zi qiziqarli faktlarni eshitgan kishi albatta ajablanmay qolmaydi.
Olmaxonlar butun dunyo bo‘ylab minglab daraxt o‘tqazadi
Bu mo‘ynali jajji hayvonlar atrof-muhitga siz tasavvur ham qila olmaydigan darajada muhim rol o‘ynaydi. Olmaxonlar har yili o‘z zaxiralarini qayerga ko‘mganliklarini unutib qo‘ygani bois dunyo bo‘ylab minglab daraxtlarga hayot beradi.
Fillar chaqaloqlariga so‘rg‘ich berib katta qiladi
Inson chaqaloqlari singari, fillar ham o‘z chaqaloqlarini tinchlantirishga qodir. Buning uchun fillar chaqaloqlarga so‘rg‘ich sifatida o‘zining xartumini berib qo‘yishadi.
Kalamushlar qitiqlaganda kuladi
Berlin universitetida qitiqlash paytida inson miyasida nima sodir bo‘lishini aniqlash uchun tadqiqot o‘tkazildi.
“National Geographic”ning yozishicha, kalamushlar ustida o‘tkazilgan sinovlar ular chindan ham, ayniqsa, orqa qismini qitiqlashni yaxshi ko‘rishini ko‘rsatdi. Qitiqlaganda, kalamushlar kulgiga o‘xshash juda baland ovoz chiqaradilar.
Eksperimentator qo‘li to‘xtagach, kalamush uning qo‘lini izlab, qashlab qo‘yishni davom etishni “so‘rab” orqaga qarashadi.
O‘rdaklar syorfingda uchadi
O‘rdaklar dengiz yoki okean yuzasidagi to‘lqinlarni ushlashni yaxshi ko‘radi. Ular fursat poylab, okean to‘lqinlari bo‘ylab qirg‘oqqa qarab suzib uchishadi, keyin bu harakatni takrorlash uchun qayta-qayta suvga kirishi qayd qilingan. Balki bu ularning sevimli mashg‘ulotidir.
Yovvoyi shimpanzelar ko‘pincha “ichib” mast yurishadi
So‘nggi yillar davomida olimlar shimpanzelar tabiiy fermentlangan spirtli ichimliklarni izlab topishga qodir ekanligini aniqlab, "mast maymun gipotezasi"ni tasdiqlashdi. Bu aqlli hayvonlar Gvineya o‘rmonlaridagi odamlar konteynerlarda to‘playdigan spirtli sharbatni o‘g‘irlash uchun rafiya palmalariga chiqishadi.
Fermentlangan palma sharbatining umumiy alkogol miqdori o‘rtacha 3 foizni tashkil qiladi, bu, masalan, pivoda bo‘lgan alkogol tarkibiga teng.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.