Qaysi qon guruhi egalari kuchli immunitetga ega?
Amerikalik olimlar qaysi qon guruhi egalari tug‘ilishdan eng kuchli immunitet egasi ekanini yuzasidan tadqiqot o‘tkazishdi. Xulosaga ko‘ra, amadlilar to‘rtinchi qon guruhiga ega odamlardir.
Ma’lum bo‘lishicha, turli qon guruhlari bo‘lgan odamlarda u intensiv yoki sekin ishlab chiqariladigan interferon deb ataladigan oqsilga bog‘liq ekan. Tanaga virus kirganda ba’zilar uni tez yengishi va boshqalarning haftalar davomida kasal bo‘lishi sabablaridan biri shundan ekan.
Tadqiqotda ishtirok etgan IV qon guruhiga ega bo‘lgan erkaklar va ayollarning 92 foizi viruslarga nisbatan kuchli immunitetni namoyish etdi.
Uchinchi qon guruhi bo‘lgan odamlarda ham natija yuqori. 40 foiz hollarda interferon juda sekin ishlab chiqariladigan II qon guruhi egalari eng past natijalarni ko‘rsatdi. Shu sababli ularning tiklanish darajasi to‘rtinchi guruhga ega bo‘lgan odamlarga qaraganda juda sust kechadi.