Qozog‘iston Prezidenti Shri-Lankadagi halok bo‘lgan odamlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi
- 21.04.2019 14:49
- 54
- Xorij
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Shri-Lankadagi portlashlar natijasida halok bo‘lgan odamlarning yaqinlariga ta’ziya izhor qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Pasxa bayrami nishonlanayotgan paytda bir vaqtning o‘zida yetti joyda – cherkovlarda, mehmonxonalarda va mamlakatning boshqa joylarida portlash sodir bo‘lgan. Mahalliy telekanalning aytishicha, Shri-Lankadagi mehmonxona va cherkovdagi portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 185 taga yetdi, 500 kishi jarohat olgan.
“Shri-Lankada dahshatli fojia. Portlashlar oqibatida 160 dan ortiq odam halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralangan. Men halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman”, deb yozgan Toqayev o‘zining Twetter’dagi sahifasida.
“Terrorizmning chegarasi yo‘q. Jahon hamjamiyati terrorga qarshi kurashni birlashtirishi kerak”, - dedi Toqayev.