Rahbarlarning va’dalarini kuzatuvchi sayt ish boshladi
O‘zbekistonda rahbarlar o‘z chiqishlarida bergan va’dalar, turli konsepsiya va hujjatlarda ko‘rsatilgan bandlarni monitoring qiladigan sayt ishga tushdi.
Endi fuqarolar vada.uz sayti orqali amaldorlar bergan va’dalar qanchalik bajarilganini kuzatishlari mumkin.
• Masalan, saytda "YPX va PPX yil oxirigacha bodikamera bilan ta’minlanishi kerak (ikkinchi urinish), Vazirlar Mahkamasi. Va’da maqomi – bajarilmoqda. Muddat – 2019 yil 31 dekabr" deb nomlangan hisoblagich qo‘yilgan.
• Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonovning jurnalistlar uchun milliy ID-kartalar joriy qilish haqidagi tashabbusi ham keltirilgan. Muddati 2019 yil 1 iyunda o‘tib ketgan bu tashabbus bajarilmasdan qolgan.
Loyiha tashabbuskorlarining aytishicha, sayt orqali o‘ziga xos jamoatchilik nazorati o‘rnatilib, aholi amaldorlarning faoliyatini samarali nazorat qilishiga umid bor.