Rudakiy xotirasi yod etildi

Samarqandda Abu Abdullo Rudakiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Viloyat va shahar hokimligi vakillari, adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, she’riyat ixlosmandlari shoir nomi bilan ataladigan ko‘chada o‘rnatilgan uning haykali poyida jam bo‘ldilar. Shoir xotirasi yod etilib, haykal poyiga gullar qo‘yildi.
Tadbirda Rudakiyning ijodiy merosining badiiy va ilmiy talqinlari, tadqiqotlar va adabiyotimiz uchun nechog‘lik muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z bordi. Shoirning badiiy g‘oyalari, ilm-ma’rifat targ‘iboti o‘chog‘i sifatida xizmat qilishi ta’kidlandi.
Rudakiy qalamiga mansub ruboiylardan namunalar o‘qildi.
Ma’lumot o‘rnida, sana munosabati bilan shoir xotirasiga uning ruboiylari jamlangan jamlanma chop etildi. Maskur majmua viloyat hokimligining qo‘llab-quvvatlanishi hamda bir guruh ziyolilarning tashabbusi bilan SamDU dotsenti Dilshodiy Hazratqulyonning tadqiqotlari va “Ovozi Samarqand” gazetasi tahriririyati bosh muharriri Bahodir Rahmonov bilan hamkorlikda ilk marta samarqandda chop etilmoqda. Majmuada ruboiylar fors-tojik va o‘zbek tilida yozilgan.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari X.Ochilov ishtirok etdi.