Samarqand ko‘chalari ajnabiy yozuvlardan tozalanmoqda
Joriy yilning 21 avgust kuni Samarqand shahrining Beruniy ko‘chasida tashqi reklama bannerlarining “Davlat tili haqida”gi qonunga rioya etilishi bo‘yicha viloyat hokimi maslahatchisi Sherali Temirov rahbarligidagi ishchi guruh ko‘zdan kechirdi.
Tekshirish jarayonida bir qator kamchiliklar borligi aniqlandi. Tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borilib, kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish uqtirildi.
Bu kabi ishlar muntazam amalga oshirilib boriladi.