Samarqand shahrida o‘t o‘chiruvchi yoshlar bellashdi

IIV YoXBB ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish Samarqand shahar markazida “Jismoniy yetuklik – jangovarlik salohiyati” shiori ostida amaliy kasbiy ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda “Ishg‘ol qilish narvoni orqali o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish”, “Yong‘in o‘chirish avtomobilidan jangovar yoyilish” va “Yong‘in o‘chirish estafetasi” shartlari bo‘yicha ishtirokchilar o‘zlarining markazda olgan bilim va mahoratlarini namoyish etishdi.
Tinglovchilar yong‘in o‘chirish amaliy sportining soha xodimlari faoliyatidagi ahamiyatini puxta tayyorgarlik bilan namoyish etishdi. Musobaqada tinglovchi qizlardan tashkil topgan jamoa mashg‘ulotlarda olgan nazariy bilimlarini amalda ko‘rsata oldi.
Ko‘rik tanlovning barcha shartlari bo‘yicha o‘zlarining kasbiy mahorati hamda jangovar salohiyatini ko‘rsata olgan safdorlar – O‘tkir Usmonov, Dilmurod Hakimov va Oybek Xudoyqulovlar mutloq g‘olib deb topilib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Nodir Qodirov,
Markaz katta o‘qituvchisi podpolkovnik.