Samarqand tumanida 70 ming dollarga yer sotayotgan shaxs ushlandi
DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yer sotishning oldi olingan.
Samarqand tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz X.S. mazkur tumandagi mahalliy fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix yer maydonining 5 sotixini boshqa bir fuqaroning nomiga trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fabrika qurish uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga undan 100 ming AQSh dollari talab qilib, so‘ralgan pulning 70 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Hozirda, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.