Samarqand viloyatining sobiq prokurori Departamentga rahbar bo‘ldi
- 02.08.2025 07:12
- 569
- Dolzarb

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Hotamov Jahongir Jo‘rayevich bosh prokuror o‘rinbosari – Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jahongir Hotamov 2016–2017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017–2018 yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2018-2020 yillarda Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
2020-2022 yillarda Namangan viloyati prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.
2022 yil fevralidan 2023 yil avgustiga qadar Samarqand viloyatiga prokurorlik qilgan.
J.Hotamov keyingi ikki yil davomida O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Teglar:
tayinlov
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Uni sog‘inamiz, suhbatini qo‘msaymiz
- Bugun, 14:08
- Mutolaa
Shifokor uchun eng qimmat sovg‘a
- Kecha, 20:47
- Mutolaa