Samarqandda ham speleoturizm rivojlantiriladi

Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi o‘nta ob’yekt: to‘qqizta g‘or va tuz konida turistlar uchun marshrutlar, xavfsizlik tizimi va zarur infratuzilma yaratiladi.
 
Bu Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekistonda speleoturizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi. Hujjat g‘orlardan turizm maqsadida tizimli foydalanishga qaratilgan.
 
Qaror bilan speleoturizmni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» va obektlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatga Zomin tumanidagi Peshag‘or, Urgut tumanidagi Yaxdon, Omonqo‘ton va Kiyev, Nurobod tumanidagi Hazrati Dovud, Boysun tumanidagi Qorong‘i yulduz, Boybuloq va Teshiktosh, Yakkabog‘ tumanidagi Amir Temur g‘orlari hamda Sherobod tumanidagi Xo‘jaikon tuz koni kiritilgan.
 
Mavjud g‘orlar xatlovdan o‘tkazilib, ularning joylashuvi, texnik holati va turistik imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar yagona elektron reyestrga kiritiladi.