Samarqandda ilk bor yuqori va pastki jag‘ sohasiga suyak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi amalga oshirildi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti yuz-jag‘ xirurgiyasi kafedrasi xodimlari "Valnut tri" klinikasi bilan hamkorlikda yuqori texnologiyali operatsiyani amalga oshirdi.
Ular jarohat olgan bemorda boldir suyagidan jag‘ suyaklariga suyak ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli bajardi.
- Bemorning qovurg‘asidan tog‘ay olib burun sohasiga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha ko‘plab operatsiyalar o‘tkazganmiz, - deydi tibbiyot fanlari nomzodi Alisher Ahrorov. – Lekin bemorning boldir sohasidan jag‘ suyagiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri suyak ko‘chirib o‘tkazish birinchi marta amalga oshirildi. Operatsiyadan keyin bemor birinchi sutkada o‘zini yaxshi his qila boshladi.
Ayni paytda kafedra olimlari tomonidan murakkab texnologiyali operatsiyalarni bajarish yuzasidan ilmiy amaliy izlanishlar olib borilmoqda.