Samarqandda ’’Islom dunyosi yoshlari bog‘i’’ yaratildi
Samarqandda o‘tkazilayotgan ’’Butunjahon yoshlar festivali’’ doirasidagi tadbirlar davom etyapti.
Bugun ishtirokchilar 5 guruhga bo‘lindi. Ularning bir guruhi Samarqanddagi tadbirlarda ishtirok etyapti.
Qolganlar Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.
Festival doirasida ’’Buyuk ipak yo‘li’’ xalqaro turizm markazi hududida ko‘chat o‘tqazish tashkil etildi.
Unda Samarqandda qolgan 27 davlat vakillari ishtirok etib, manzarali daraxt ko‘chatlari ekdi.
Turizm markazi hududida ’’Islom dunyosi yoshlari bog‘i’’ yaratildi.
To‘lqin Siddiqov,
Baxtiyor Mustanov (surat).