Samarqandda yirik miqdordagi qisqichbaqalar brokonerlardan qutqarib qolindi
Bulung‘ur Yuqori nuqta postida Ekologiya boshqarmasi va YPH xodimlari hamkorligida jami 765 kilogramm dengiz qisqichbaqa (krevetka)lari yuklangan yuk tashuvchi transport to‘xtatib qolingan.
Ma’lum bo‘lishicha Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududidan brokonerlar tomonidan noqonuniy tarzda tutilgan ushbu dengiz qisqichbaqa (krevetka)lari Toshkent shahriga olib ketilayotgan bo‘lgan.
Dengiz qisqichbaqalarining barchasi sog‘lomligi aniqlanib, viloyat IIB va boshqarmaning davlat inspektorlari nazorati ostida qaytadan suv omboriga qo‘yib yuborilgan.
Mazkur holatda hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilgan, deya xabar bermoqda viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.