Samarqandlik kurashchilar Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi
Xitoyning Sian shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida 3 nafar samarqandlik yunon-rum kurashchilari ishtirok etishmoqda, deb yozmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Dastlab 55 kg vazn toifasida kurashgan Nankin o‘smirlar Olimpiadasi chempioni Ilhomjon Bahromov finalda yaponiyalik Xiromi Katagari bilan bellashdi. Bahsda 1:1 hisobida qayd etilgan bo‘lsa-da, so‘nggi ochko vakilimiz tomonidan qo‘lga kiritilgani ustunlikni Ilhomjon Bahromovga taqdim etdi va u Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 130 kg vazn toifasidagi polvonimiz Mo‘minjon Abdullayev ham finalda ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan yana bir viloyatimiz vakili Islomjon Bahromov bugun 60 kg vazn toifasida kurash bahslariga kirishadi.