Skuterni “prava” bilan boshqaring!
- Joriy yil skuter va mopedni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, ularni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olmaganlar jarimaga tortiladi.
Odamlar orasida shunday gap yuribdi. Bu gaplar qanchalik asosli?
- To‘g‘ri gap. Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 iyuldagi "Foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqidagi" qaroriga ko‘ra:
- dvigatelining ish hajmi 25 sm/kub va undan ortiq, lekin 50 sm/kubdan oshmaydigan, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, biroq 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi hamda bu turdagi transport vositalari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Foydalanishda bo‘lgan bu turdagi transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning oxirgi kuni 2025 yilning 28 fevral hisoblanadi.
Joriy yil 1 martdan boshlab ushbu turdagi transport vositalarini boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish talab etiladi.