Turizm sohasidagi oliy ta’lim uch yillik bo‘ladi
- 17.07.2024 09:54
- 87
- Ta’lim
Bu haqda kecha davlatimiz rahbari hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishish chog‘ida qayd etdi.
Ta’kidlanishicha, turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi ta’lim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtiriladi. Bu sohada oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi.
Talabalarga bir vaqtning o‘zida ixtisosligi bo‘yicha ishlab, kasbiy ko‘nikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, Sharqshunoslik, Jahon tillari va “Ipak yo‘li” oliygohlarida gid-tarjimonlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda 262 mingdan ziyod aholidan sport sinovlari olindi
- 14 daqiqa avval
- Sport
Dunyo stomatologlari Samarqandga keldi
- 38 daqiqa avval
- Ta’lim