Vazirlar va hokimlar maktabda dars beradi
23 avgust kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida endi vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, hokimlar va boshqa rahbarlar maktablarga borib, o‘quvchilarga saboq berishi aytildi.
Vazirlar, hokimlarning hayot yo‘li, xalq o‘rtasidagi obro‘-e’tibori ham bolalar uchun ibrat bo‘ladi, ularni o‘z oldiga buyuk maqsadlar qo‘yib bilim olishga da’vat etadi, dedi davlatimiz rahbari.
Shuningdek, oliy o‘quv yurtlari, ushbu muassasalardagi kafedralar ham maktablarda ta’lim sifatini oshirishga yaqindan yordam berishi ta’kidlandi.