Viloyat pensiya jamg‘armasida yangi rahbar ish boshladi
- 16.05.2023 18:35
- 1893
- Iqtisodiyot
U iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Kudbiyevning buyrug‘i bilan ushbu lavozimga tayinlangan.
Anvar Yusupov Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
U 1983 yilda Jomboy tumanida tug‘ilgan. Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va O‘zbekiston Respublikasi Moliya-bank akademiyasini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Faoliyati davomida Jomboy tumani moliya bo‘limida turli vazifalarda, shuningdek, tuman hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Bir muddat Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tayinlovga qadar “Samarqand viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi” davlat korxonasi direktori bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yubiley to‘ylari kerakmi?
- Kecha, 16:14
- Jamiyat
Saratonga davo topishni maqsad qilgan qiz
- Kecha, 16:07
- Samarqand