Xalq demokratik partiyasi saylovda faol ishtirok etish bo‘yicha ishlar belgilab oldi

Partiya viloyat Kengashining VIII plenumida bu haqda tegishli qarorlar qabul qilinib, qurultoyga delegatlar saylab olindi.

Plenumda ta’kidlanganidek, Xalq demokratik partiyasining saylovda faol ishtirok etishini ta’minlash va ishlarni samarali tashkil etish maqsadida 7 yo‘nalish, 37 banddan iborat asosiy tadbirlar kalendar rejasi ishlab chiqilgan.

Muhokamalarda unda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi bo‘yicha fikr yuritildi. Shu asosda partiyadan ko‘rsatilgan bo‘lajak nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini yig‘ish (to‘plash) ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirish choralari belgilandi.

Partiyaning quyi bo‘g‘inlari faoliyatini kuchaytirish, a’zolar safini kengaytirish, aholining muammolari va ularni tashvishga solayotgan masalalarni quyi tizimgacha tushib, o‘rganib borishga qaratilgan ishlarni tizimli tarzda davom ettirish maqsadga muvofiq, deb topildi.

Ijobiy natija berayotgan “Deputat mahallada”, “Mehr ulashing!”, “Ayollarga ko‘mak”, “Yoshlarga ko‘mak”, “Partiya sizga ko‘makchi!” “Yoshlar kelajagimiz” kabi amaliy loyihalarining ko‘lami va qamrovini yanada oshirish zarurligi bildirildi.

Plenum ishida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining qurultoyida ishtirok etish uchun delegatlar saylandi.