Alyaskada kichik samolyotlar to‘qnashuvi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Alyaskaning Soldotn shahri aeroporti yaqinida parvozni amalga oshirayotgan ikki samolyotning to‘qnashuvi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat jamoat xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea 31 iyul kuni Soldotn aeroportidan taxminan uch kilometr uzoqlikda, mahalliy vaqt bilan soat 8:30 (Toshkent vaqti bilan 21:30)da sodir bo‘lgan.

Havilland DHC-2 va Piper Azrec havo kemalari to‘qnashib ketgan.

Mahalliy Anchorage Daily News gazetasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, samolyotlarning birida 6 kishi, boshqasida esa faqatgina shtat vakillar palatasi deputati Garri Knop bo‘lgan. Ikkala samolyotdagi barcha odamlar halok bo‘lgan.

Transport xavfsizligi milliy kengashi va fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi halokat sabablarini o‘rganmoqda.