Bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarka"si bo‘lib o‘tadi

2020 yil 10 sentyabr kuni Samarqand shahrida pandemiya davrida mehnat daromadidan ayrilgan, muayyan ish bilan band bo‘lmagan viloyat aholisining tezkor va samarali bandligiga ko‘maklashish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkaziladi.

Yarmarka ertalab soat 09:00 da Samarqand shahridagi “Markaziy istirohat bog‘i”da boshlanadi.

Manzil: Samarqand shahri, “Markaziy istirohat bog‘i”

Mo‘ljal: viloyat Savdo-sanoat palatasi binosi yoni, viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosi ro‘parasi.