Samarqandda ichimlik suvi narxi oshadi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining yaqinda bo‘lib o‘tgan 37-sessiyasida viloyatda ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini belgilash masalasi ko‘rib chiqilgan.
Sessiyada viloyat hokimi o‘rinbosari, “Samarqand suv ta’minoti” AJ hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan takliflar va xulosalar asosida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib, tasdiqlangan loyiha muhokama qilindi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, 1 kub metr ichimlik suvi uchun:
▫️ aholi uchun — 3 600 so‘m;
▫️ byudjet tashkilotlari uchun — 8 500 so‘m;
▫️ ulgurji iste’molchilar uchun — 8 500 so‘m etib belgilanishi taklif etilmoqda.
Oqova suv (kanalizatsiya) xizmatlari uchun esa:
▫️ aholi uchun — 2 250 so‘m;
▫️ byudjet tashkilotlari uchun — 7 500 so‘m;
▫️ ulgurji iste’molchilar uchun — 7 500 so‘m.
Shuningdek, aholi uchun tashib yetkazib beriladigan 1 metr kub ichimlik suvi narxi 58 100 so‘m etib ko‘rsatilgan.
Muhokama va savol-javoblardan so‘ng masala yuzasidan sessiya qarori qabul qilingan. Qarorga ko‘ra, yangi tariflar joriy yilning 15 oktyabridan kuchga kiradi.