Samarqand shahrida ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladi!

Bu haqda “Samarqand suv ta’minoti” AJ Samarqand shahar filiali xabar bermoqda.
Samarqand shahri Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida yangi yer osti tuneli qurilishi hamda ushbu ko‘chadan o‘tgan eski magistral ichimlik suvi tarmog‘ini yangisiga o‘tkazish, shuningdek, “Dahbet” suv inshootida rekonstruksiya ishlari sababli joriy yil 18 iyun ertalabki 5:00 dan 20 iyun soat 12:00 gacha suv ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shu munosabati bilan Samarqand shaharning Matonat, Xo‘ja Gunjoyish, Mevazor, Mehnat, Buyuk Ipak yo‘li, Baraka, Yangi ravot, Sayqal, Nurli yo‘l, Abdullo Rudakiy, Oltin asr, Ali Qushchi, Bog‘iston, Turon, Hayotobod, Rahmatobod, Tinchlik, Gulbahor, Bog‘i chinor, Sadaf, Qarshi yo‘li, Mingtut, Said, Alizoda, Panjob, Kamolot, Kattaqo‘rg‘on, Amir Temur, O‘rikzor, Abdullo Avloniy, Farog‘at, Mehriobod, Nafosat, Bog‘ishamol, Bog‘i shifo, Orzu, Bog‘dod, O‘zbekkenti, Motrid, Humo, Yangiobod, Temiryo‘lchilar, Ziyokor, Ziyolilar, Bog‘bonlar, Farobiy, Beruniy, Adolat, Yulduz, Bog‘i saroy, Hunarmandlar, Hazora, Ilmobod, Damariq, Quyi chordara mahallari, Qorasuv massivi va ularga tutash hududlarda suv o‘chish holatlari kuzatilishi mumkin.
Iste’molchilardan suvni zahira qilishlarini so‘rab qolamiz.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.
Murojat uchun:
Tel.: (55)707-18-21