Samarqand shahar A.Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i rahbari attraksionda uchayotgan qiz otilib chiqib ketgani to‘g‘risida rasmiy bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi istirohat bog‘laridan birida attraksionda uchayotgan qiz otilib chiqib ketganligi haqida video tarqaldi. Qizning tushib ketganlik holatini shu yerdagi odamlardan biri tasodifan suratga olgan.

Voqea yuzasidan istirohat bog‘i rahbari Farhod Jalilovning ma’lumot berishicha, ushbu holat shahrimizdagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida yakshanba, dam olish kuni sodir bo‘lgan. Istirohat bog‘iga o‘tgan yili Xitoy davlatidan keltirilgan attraksionda uchayotgan qiz muddatidan oldin xavfsizlik kamarini yechib yuborgani uchun yiqilib tushgan. Qiz darhol barcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va hech qanday jarohat olmagan. Istirohat bog‘iga tegishli barcha attraksionlar xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi.