Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tilning rangi salomatlik to‘g‘risida xabar beradi

Til rangiga qarab nafaqat tanadagi kasalliklarni aniqlasa bo‘ladi, balki yaqin kunlar ichida sog‘lig‘ingizda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni ham aniqlashning imkoni bor. Inson tilida endokrin tizimdagi holat to‘g‘risida miyaga xabar beruvchi 10000 dan ortiq retseptorlar mavjud.

Shifokorlar har kuni ertalab yoki ovqat tanovul qilgandan so‘ng bir soatdan keyin tilingizni ko‘zdan kechirishni maslahat beradilar.

Sog‘lom odamning tili rangi, och pushti rang aralash to‘yingan pushti rangda bo‘ladi. Ayrim hollarda tilning ichkari qismi to‘qroq pushti rangda bo‘lishi mumkin.

Tilning rangi quyidagi xastaliklar haqida xabar beradi:

1. Oq rang - tana harorati 37,5 darajadan yuqori ko‘tarilishi, zamburug‘li kasalliklar belgisi. Til yumshoq bo‘ladi va ko‘p so‘lak yig‘iladi, tilning rangi oq va kulrang tusda bo‘ladi.

2. Qizg‘ish rang - viruslar va bakteriyalar, allergik ta’sirchanlik, shamollash belgisi.

3. Kulrang - oziq-ovqatdan zaharlanish, so‘lak kulrang tusga kirishi mumkin.

4. Jigar rang - sil, ortiqcha kashandalik.

5. Och pushti rang - vitamin yetishmasligi, kam qonlik (anemiya), kalsiy va magniy yetishmasligi, ftor muvozanatining buzilishi.

6. Sariq rang - jigar xastaliklari, hazm qilish tizimida hazm qilish suyuqligining oshib ketishi.

7. Ko‘k rang - buyrak xastaliklari, kimyoviy moddalardan zaharlanish, qon bosimining tushib ketishi, yurak urishining sekinlashishi.

8. Binafsha rang - qon tomirlaridagi tromblar, oshqozon achishini bildiradi.

O‘pkadagi yuqumli kasalliklar tilga jigar rang va sarg‘ish tus berishi mumkin. Nafas yo‘llari va o‘pkaning kuyishi (yong‘in bo‘lgan holatda), tilning rangi to‘q qizil, binafsha rangga yaqinroq tusda bo‘ladi.

Suyak kasalliklari – och pushti rang, tilning qurishi. Shuningdek, tilning qurishi qandli diabet xastaligida ham kuzatiladi va tilning rangi sariq tusda bo‘ladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan tashxis qo‘yish usuli autoimmun kasalliklari, OITS va jigar sirrozi kasaliklarida qo‘llanilmaydi.

Shu bilan birga quyidagi holatlarda ko‘rsatkichlar aniq bo‘lmaydi:

1. Antibiotik qabul qilinganda – davolash yakunlanganidan so‘ng uch kun.

2. Spirtli ichimlik qabul qilinganda - uch kun.

3. Achchiq taom tanovul qilish oqibatida til yallig‘langanda – 12 soat.

4. Tilda yaralar paydo bo‘lganda va issiq taom tanovul qilish oqibatida kuyganda – 3-4 sutka.

Bekzod MUSURMONOV tarjimasi.