Payariqlik nuroniylar Xiva, Buxoro va Navoiydagi qutlug‘ qadamjolarni ziyorat qildi

Payariq tumani hokimligi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi bir guruh mehnat faxriylarining Xorazm, Buxoro hamda Navoiy viloyatlaridagi qutlug‘ qadamjolarga sayohati uyushtirildi.

Faxriylar Buxoro shahridagi yetti pirlar - Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Hazrat Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Xoja Sayyid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband ziyoratgohlarida bo‘lib, ushbu qadamjolar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Sayohatning ikkinchi, uchinchi kunlari payariqlik nuroniylar Xiva, Navoiy shaharlaridagi tarixiy maskanlarni tomosha qildi.

Shirinboy MAMADALIYEV.