Samarqand shahrida xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon bo‘lib o‘tdi
- 03.06.2019 18:45
- 162
- Sport
Qator hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 100 nafarga yaqin kichik va katta yoshdagi sportchi ayollar 5 kilometr masofani bosib o‘tdi.

Marafonda ishtirokchilarning velosipedda harakatlanishi, chaqqonligi, belgilangan marrani birinchi bo‘lib bosib o‘tishi mutaxassislar tomonidan baholandi. Yakunda Toyloq va Paxtachi tumanidan kelgan xotin-qizlar yetakchilik qildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Alimova ishtirok etdi.

Ozoda SOLIYeVA.
Teglar:
velomarafon
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
XDPning “Eng namunali deputat”i aniqlandi
- Bugun, 11:28
- Siyosat
Ilm-ma’rifat bor joyda taraqqiyot bo‘ladi
- Bugun, 11:17
- Samarqand