1 fevraldan poyezd biletlari narxi ko‘tariladi

O‘zbekistonda shu yil 1 fevraldan boshlab ayrim mahalliy poyezd chiptalari narxi o‘zgaradi. Xususan, «Afrosiyob» elektropoyezdi va «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» poyezdlari biletlari 15 foizga oshadi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari va «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari 15 foizga ko‘tariladi.

Xususan, «Afrosiyob» uchun yangilangan chipta narxlari quyidagicha bo‘ladi:

Toshkent — Buxoro

VIP — 1 138 000 so‘m;

Biznes — 760 000 so‘m;

Ekonom — 509 000 so‘m.

Toshkent — Qarshi

VIP — 976 000 so‘m;

Biznes — 642 000 so‘m;

Ekonom — 429 000 so‘m.

Toshkent — Samarqand

VIP — 709 000 so‘m;

Biznes — 455 000 so‘m;

Ekonom — 311 000 so‘m.

Kompaniyaning doimgidek qayd etishicha, «Afrosiyob» narxlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlari oshgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarining ko‘paygani, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni davom ettirish zarurati, elektropoyezdlar infratuzilmasini saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari hamda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilmoqda.