Fuqaro nega ziyoratgohga pul to‘lashni istamadi?

Joriy yilning 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ziyoratchi Amir Temur maqbarasiga kirish uchun pul to‘lashni rad etdi.

Vaholanki, ziyoratgohlarga kirish uchun pullik (bilet) tizim joriy etilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan har bir ziyoratgoh uchun preyskurantlar belgilab berilgan. Unga ko‘ra, Amir Temur maqbarasiga kirish 2020 yil 1 yanvardan  kattalarga (18 yoshdan katttalar) 3000 so‘m, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1500 ming so‘mni tashkil etadi.

Mas’ullar tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvlarda fuqaro ziyoratgohlarga, tarixiy obidalarga, muzeylarga kirish pullik ekani haqida ma’lumotga ega emasligi ma’lum bo‘ldi.

Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tarkibidagi barcha muzeylar va tarixiy obidalar bilan birgalikda Amir Temur maqbarasiga ham kirish uchun olinayotgan naqd pul tushumini nazorat qilish maqsadida nazorat kassa mashinasi (NKM) o‘rnatilgan bo‘lib, hisobchi tomonidan tashrif buyuruvchilarga kirish narxi yozilgan chek chiqarib beriladi.

Bunday holatlar yana yuzaga kelishining oldini olish, fuqarolarning Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tizimidagi tarixiy obidalar va muzeylardagi o‘zgarishlar, yangiliklar, kirish narxlari xususida ma’lumot olishlari uchun muzey-qo‘riqxonaning rasmiy sayti (http://www.samarkandmuseum.uz), telegram (https://t.me/samarqandmuzey) va feysbuk kanallari (http://www/.facebook.com/samarkandmuseum/groups) ishga tushirilgan.