Futbol maydonida - ayollar
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi tomonidan kasaba uyushmalari tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tkazildi.
Yurtboshimiz tomonidan joriy yilning 7-aprel kuni o‘tkazilgan sport sohasini rivojlantirish, aholi, xususan, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu yo‘nalishga ustuvor vazifa sifatida alohida e’tibor qaratildi.
Bunday sport tadbiri esa ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi bo‘lib, xotin-qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni faol hayot tarziga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqa qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda davom etdi. Unda jamoalar o‘zlarining faolligi, jipsligi hamda sport mahoratini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rinni Ta’lim va fan kasaba uyushmalari Past Darg‘om tuman bo‘linmasi jamoasi qo‘lga kiritdi.
2-o‘rinni Ta’lim va fan kasaba uyushmalari Payariq tuman bo‘linmasi egalladi.
3-o‘rinni esa Ta’lim va fan kasaba uyushmalari Samarqand shahar bo‘linmasi xotin-qizlari qo‘lga kiritdi.
Ushbu musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xotin-qizlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.