Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IELTS dan 4 ball olganman, imtiyoz sifatida foydalansam bo‘ladimi?

Savolga Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ishtirokidagi brifingda quyidagicha javob berildi:

➖ Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 395-son qaroriga muvofiq, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun milliy yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

✅ Bunda ingliz tilidan maksimal ball berish uchun IELTS 5,5 dan kam bo‘lmasligi lozim.