Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonlik bokschi qiz Osiyo chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi.

Unda Vatanimiz sharafini ishtixonlik Nasiba Xayrullayeva munosib himoya qilib, 54 kilogramm vazn toifasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

–  Osiyo chempionatidagi ishtirokim bundan-da katta musobaqalar hamda jahon chempionatlariga tayyorgarlik jarayoni bo‘ldi, – deydi Nasiba. – Yillar davomida mahoratimni oshirib, ustozlarimdan kerakli ko‘nikmalarni egalladim. Kelajakda yana katta natijalarga erishishni ko‘zlaganman.

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.