Temir yo‘l iziga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 2 noyabr kuni soat 18:30 da Navoiy viloyati IIB TXTBga, HPBdan kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, shu kuni “Navoiy-Tinchlik” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 4-5-kilometrida “Navoiy temir yo‘l transporti” DUKga qarashli temir yo‘l izlaridan, Karmana tumani, Ko‘hna qo‘rg‘on mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan M.Sh. 5 dona kostel qoziqlar va 2 dona temir yo‘l podkladkani yashirin ravishda talon-toroj qilib olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida aniqlanib ushlangan va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

IIV transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.