Xitoyda oroldan kelgan kuchli shamol tufayli 22 ming nafar sayyoh evakuatsiya qilindi
- 08.10.2020 16:18
- 72
- Xorij
Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli shamol tufayli Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan avtonom viloyatida joylashgan Veychjou orolidan deyarli 22 ming sayyoh evakuatsiya qilindi. Bu haqda 8 oktyabr kuni Sinxua agentligi xabar berdi.
Evakuatsiya qilish ishlari 7 oktyabr kuni boshlangan edi, ayni vaqtgacha 21 800 ga yaqin odam ko‘chirildi.
Mahalliy hukumatning topshirig‘iga binoan, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Guansi-Chjuan avtonom viloyatidagi Beyxay shahri bandargohidan orolga qatnovchi kemalar harakati to‘xtatilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
So‘zni o‘ynatganga qoyil!
- Bugun, 16:02
- Mutolaa
Қизнинг бахти — отасининг соясида
- 15/12, 18:59
- Mutolaa