“Yangi O‘zbekiston” massivida qurilishlar sifatlimi?

Bulung‘ur tumanining G‘o‘bdin hududida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida 23 ta 5 qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda  massivda 3 ta qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan 7 ta turar-joy binolarini qurish ishlari olib borilyapti.

Jumladan, “Alijon qurilish montaj” MChJ tomonidan 2 ta 5 qavatli 36 xonadonli, “Me’mor” XK tomonidan 1 ta 5 qavatli 20 xonadonli va “Agromir buildings” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 20 ta 5 qavatli turar-joy binolari qurilyapti.

Bugungi kunda 4 ta turar-joy binosi qurilmoqda hamda massivda qurilish-montaj ishlarini sifatli olib borilishi viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan. Hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan tumanda navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Nazorat tadbirida qurilish materiallarini saqlash uchun yopiq omborlar va ochiq bostirmalar mavjud emasligi, ob’yekt qurilish chiqindilaridan tozalanmagani, quruvchi-ustalar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan holda maxsus kiyim boshlarsiz ishlayotgani kabi kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklar inspeksiya xodimlari tomonidan nazoratga olindi.

Viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi axborot xizmati.