30 iyun - Yoshlar kuni
- 30.06.2022 05:56
- 262
- O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 30 iyun kuni respublika "Kamolot" qurultoyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30 iyun sanasini mamlakatimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilish taklifi bilan chiqdi.
"Biz sizlarni, butun O‘zbekiston yoshlarini Vatanimiz, jamiyatimizning hal qiluvchi kuchi deb bilamiz va sizlar hamisha xalqimizning mana shunday yuksak ishonchiga munosib bo‘lasiz, deb ishonamiz.
O‘zbekistonimizning yorug‘ va farovon istiqbolini bunyod etishdek mas’uliyatli vazifani kim o‘z zimmasiga oladi? Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimiz.
Siz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan vazifalarni hal etishga qodirsiz", dedi Prezident.
Shundan buyon 30 iyun kuni yurtimizda "Yoshlar kuni" sifatida nishonlab kelinmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa