Afg‘onistonda kuchli zilzila ro‘y berdi

Yer osti silkinish magnitudasi 5.1 ni tashkil qildi. Jabr ko‘rganlar va vayronalar haqida ma’lumotlar yo‘q. Afg‘onistonning shimoliy – sharqida yakshanba 4 avgust kuni, 5.1 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQShning Geologiya (USGS) xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan 19:04 (19:34 Toshkent vaqti) qayd etilgan. Silkinish markazi Afg‘onistonning Ishkashim shahridan 27 kilometr g‘arbda, 229.5 kilometr chuqurlikda hosil bo‘lgan. Qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumotlar yo‘q.