Turkiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

24 yanvar kuni soat 20:55 da Turkiyaning Elyazig‘ viloyatidagi Sivrij shahrida 6.8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Sharqiy qismda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi va 772 kishi jarohat olgan, deya xabar bermoqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila oqibatida binolarga shikast yetgan. Voqea joyiga qidiruv-qutqaruv xizmatlarining mingga yaqin xodimi jo‘natilgan.

Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an vaziyat nazoratga olinganini, muassasalardagi zilzila keltirgan zararlarni bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganini bildirdi.