Agrar sektorga 44,5 million dollar yo‘naltirildi

Joriy yil Samarqand viloyatida 44,5 million dollar (shundan 25,6 million dollar xalqaro moliya tashkilotlari kreditlari) mablag‘ hisobidan 43 ta loyiha moliyalashtirildi.

Jumladan, 26,7 gektar maydondagi 11 ta issiqxona uchun 9 million 668 ming dollar, 12 ming 860 tonna sig‘imga ega 12 ta muzlatkichli omborxona uchun 5 million 192 ming dollar, 3800 tonna meva-sabzavotni qayta ishlash yo‘nalishidagi 3 ta loyiha uchun 2 million 850 ming dollar ajratildi. Bundan tashqari, 755,6 gektar maydonda intensiv bog‘ va uzumzor, qariyb 1,5 ming bosh chorva mollari, sut sog‘ish, yog‘ ishlab chiqarish va omuxta yem tayyorlash kombayni uchun jami 7 million 903 ming dollar mablag‘ yo‘naltirildi.