2030 yilgacha Samarqand viloyatining 60 foiz maydonida suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi
2021 yilda 517 ta tashabbuskor fermer xo‘jaligi va klasterlar tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun beriladigan imtiyozlar hamda ushbu texnologiyalarning afzalliklaridan kelib chiqib umumiy qiymati 429,5 milliard so‘mlik 21 ming 474 gektarda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Shundan, paxtada 13269 gektar, bog‘larda 2830 gektar, tokzorlarda 4873 gektar, boshqa ekinlarda 328 gektar va 168 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish tizimi joriy qilinadi.
Bundan tashqari, viloyatda 20 ming gektar maydonda yerlarni lazer yordamida tekislagan holda “diskret” sug‘orish usulini joriy qilish ham belgilangan.
Viloyatda 2030 yilgacha 159,8 ming gektar yoki ekin ekiladigan suvli maydonlarning 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinadi.
Bugungi kunda suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Samarqand shahridagi “Asar Mak San”, “Sag Agro” va Urgut tumanidagi “UrGaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining bir yillik quvvati 20 ming gektarni tashkil etadi. Quvvatni oshirish uchun viloyatda ushbu sohaga ixtisoslashgan yana bir korxonani ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi axborot xizmati.