“Dayver” qanday qurilma?
- 21.02.2021 13:31
- 575
- Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlangandi. Unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Meliorativ ekspeditsiyasi tomonidan viloyatimizda kuzatuv quduqlariga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati o‘rganiladi. Sizot suvlari sathi va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda monitorning qilish uchun “Dayver” qurilmalari o‘rnatiladi.
Past Darg‘om tumani “Zarafshon” muqobil mashina traktor parki dala shiyponida o‘tgan o‘quv-seminarda ham Meliorativ ekspeditsiyasi bo‘lim boshliqlari, fermer xo‘jaligi raislari va kanal uchastka boshliqlari “Dayver” qurilmasining ishlash prinsipi va uning afzalliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa