Samarqandda suv tejovchi texnologiyalarga xizmat ko‘rsatadigan qo‘shma korxonalar tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3 dekabr kuni ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish borasida oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar oldidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, suv xo‘jaligi sohasidagi muammolarni ham ilmiy yechimlar orqali hal qilish mumkin. Xususan, sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash kengayib borayotgani. Lekin bunda o‘g‘itlarni to‘g‘ri eritish, sug‘orish vaqtini aniqlash, muddatida texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizim tashkil etilmagani. Yomg‘irlatib sug‘orish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish ham oqsayotgani, aytib o‘tildi.
Shu bois Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida suv tejovchi texnologiyalarga xizmat ko‘rsatadigan qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Xorijiy moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan irrigatsiya ob’yektlarini loyihalashtirish ishlariga chet ellik mutaxassislar bilan birga mahalliy olimlarni ham jalb qilish muhimligi aytildi.