Kattaqo‘rg‘on tumanida eski tomchilatib sug‘orish uskunalarini o‘rnatib kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan fermer aniqlandi
- 10.05.2022 11:51
- 266
- Samarqand
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.B.” fermer xo‘jaligi rahbari A.X. tumanning “Yangihayot” massividagi 40 gektar paxta yer maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini olib kelib o‘rnatish uchun bank muassasasidan 700 mln. so‘m kredit ajratilishiga erishgan.
Ammo ushbu kredit mablag‘ini o‘zlashtirish maqsadida yer maydonining 26 gektariga eski va sifatsiz uskunalarni o‘rnatib, keyinchalik uskunalarni yana qaytarib olib ketib, kredit mablag‘ini maqsadsiz ishlatgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa