“Alpomish” respublikada bellashadi
Samarqand shahrining Suluv qo‘rg‘onida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining kasbiy ta’lim maktablari yo‘nalishi bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda barcha shahar va tumanlar bosqichida g‘olib bo‘lgan kasbiy ta’lim maktablarining 16 ta jamoasi besh shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
Bahs yakuniga ko‘ra, Samarqand olimpiya zaxiralari kollejining “Alpomish” jamoasi kubok sohibi bo‘ldi hamda musobaqaning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinni Jomboy tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabining “Burgutlar” jamoasi egallagan bo‘lsa, Bulung‘ur tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabining “Lochin” jamoasi uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati.