AQSh Afg‘oniston fuqarolari uchun minglab vizalar taqdim etadi
AQSh Kongressi Vakillar palatasi Afg‘oniston fuqarolari uchun 8 mingta maxsus immigratsion vizalar berishini tasdiqladi. Bu haqda Reuters 23 iyul kuni xabar berdi.
Maxsus immigratsion viza dasturi AQSh hukumati yoki AQSh harbiy kuchlari bilan ishlagan afg‘onlar uchun taalluqli. Qayd etilishicha, 2014 yil dekabridan beri Qo‘shma Shtatlar 26500 ta shunday viza bergan.
Afg‘onlar va ularning oilalariga tahdid Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqa boshlagandan so‘ng paydo bo‘ldi. AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan afg‘on kuchlari va radikal tolibonlar o‘rtasida jangovar harakatlar kuchayishi bilan xavotir ham kuchaydi. So‘nggi haftalarda jangarilar yangi hudud va chegara o‘tish joylarini egallab oldi.
Shu oyning o‘zidayoq Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan maxsus immigratsion viza olish uchun ariza beruvchilarni evakuatsiya qilishni boshlaydi. Birinchi guruh Virjiniyadagi harbiy bazaga yetkaziladi.
Bir kun oldin «Tolibon» Afg‘oniston chegarasining 90 foizini nazoratiga olganini aytdi. Harakat vakili Zabiullu Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, harakat Afg‘onistonning Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron bilan chegaralarini to‘liq nazorat qiladi.